Prezident agrar sohadagi rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazyapti

Prezident agrar sohadagi rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazyapti

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida dehqon-fermerlarning manfaati, daromadi oshib, mahsulot ko‘paydi, klaster tizimi rivojlanib, yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib keldi, yangi navlar va agrotexnologiya ko‘paymoqda.

Jumladan, o‘tgan yili sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga o‘sib, 426 trillion so‘mni tashkil qildi. Eksport esa qariyb 2 milliard dollarga yetdi. 152 ming gektar bog‘ va tokzorlar barpo qilindi.

Bu yil ilk bor 3 million 700 ming tonna paxta, 8 million tonna g‘alla hosili olindi. Bunday raqamlar yaqin tariximizda hech qachon bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!