Prezident ko‘krak nishoni va shtandarti (bayrog‘i)ni joriy qilish taklif etilmoqda

Prezident ko‘krak nishoni va shtandarti (bayrog‘i)ni joriy qilish taklif etilmoqda

Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun loyihasi muhokama qilinadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritilayapti ekan . Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, ya’ni ko‘krak nishoni va shtandarti (bayrog‘i)ni joriy qilish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi bo‘yicha adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!