Press-turlar va OAV bilan hamkorlik: Turizm vazirligi matbuot xizmatining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida

Press-turlar va OAV bilan hamkorlik: Turizm vazirligi matbuot xizmatining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida

2022 yil davomida Turizm va madaniy meros vazirligi (hozirgi Madaniyat va turizm vazirligi) tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.

Press-turlar va OAV bilan hamkorlik: Turizm vazirligi matbuot xizmatining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida

Xususan, Vazirlik faoliyatiga doir mavzularda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik uchun jami 19 ta matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanlarining 8 tasi bevosita hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro (2 ta), Samarqand (2 ta), Farg‘ona va Namangan viloyatlari) ning o‘zida o‘tkazildi.

Press-turlar va OAV bilan hamkorlik: Turizm vazirligi matbuot xizmatining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida

Bundan tashqari, respublikamiz hududlari va xorijiy davlatlarga mamlakatimizdagi va xorijdagi ommaviy axborot vositalari vakillari (jurnalistlar va blogerlar) ishtirokida jami 34 ta press-tur tashkil etildi.

Jumladan, ushbu press-turlarning 5 tasi xorij davlatlari (Ispaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya Federasiyasi va Yaponiya) ga amalga oshirildi.

Shu bilan birga, turizm va madaniy meros sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida muntazam ravishda Vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali 2022 yilda jami 3 044 ta material yoritildi. Mahalliy OAVda esa jami 4 261 ta material keng jamoatchilik uchun e’lon qilindi.

Shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikda turizm va madaniy meros sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida 794 ta material xorij nashrlarida chop etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!