Polshadagi qurol zavodida kuchli portlash sodir bo‘lib, bir kishi halok bo‘ldi

Polshadagi qurol zavodida kuchli portlash sodir bo‘lib, bir kishi halok bo‘ldi

«Biz bir necha yil oldin ishga tushirilgan raketa yoqilg‘isi markazida portlash sodir bo‘ldi», dedi zavod direktori Elzbiyeta Sreniawska.

Portlashdan keyin yong‘in chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohatlangan va bir kishi halok bo‘lgan. Portlash vaqtida markaz ichida uch kishi bo‘lgan. Bir kishi o‘zi xonadan chiqib ketdi.

Voqea joyida o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda, havo qutqaruv vertolyoti ham qo‘ngan.

Zavod rahbariyati portlashga nima sabab bo‘lganini tekshirmoqda.

Voqea sodir bo‘lgan Skarjisko-Kamennayadagi zavod qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!