Polshada 2 yo‘lovchi avtobusining to‘qnashishi oqibatida 17 kishi jabrlandi

A A A
Polshada 2 yo‘lovchi avtobusining to‘qnashishi oqibatida 17 kishi jabrlandi

Birinchi avtobus jo‘nashi kerak bo‘lgan paytda uning orqa qismiga ikkinchi avtobus kelib urilgan. Avariya yuz bergan ko‘cha yopilgan.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, har ikkala haydovchi ham hushyor bo‘lgan.

12 kishi, shu jumladan, bir nafar bola shifoxonaga yetkazilgan. Bolani shifoxonaga yetkazish uchun vertolyot yetib kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlarning ahvoli qoniqarli.

Shifoxonaga yotishdan bosh tortgan yana besh kishiga shifokorlar voqea joyida yordam ko‘rsatgan.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!