Piyodani urib yuborish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Piyodani urib yuborish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

21 may kuni soat 22.30 da Yashnobod tumani Oxangaron ko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 26 yoshli Nodirjon S. piyodani urib yuborgan, deydi "iibb.uz".

YTH sababli 22 yoshli Umidjon D.ga tan shikastlari yetishi oqibatida u tibbiy yordam uchun murojaat qildi.

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra Umidjonga og‘ir darajadagi tan shikastlari yetgan.

YTH sababi: piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hurmatli haydovchi va piyodalar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Haydovchilar, yo‘llarda ogoh bo‘ling. Piyodalar, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!