Piyodani urib yuborgan fuqaro Milliy gvardiya xodimi emas!

Piyodani urib yuborgan fuqaro Milliy gvardiya xodimi emas!

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududida «Matiz» hamda «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida «Damas» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonida turgan 2007 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgani va oqibatda fuqaro A.K. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga asoslanib mazkur munosabatga qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, davlat raqami 10 Z 954 SA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi fuqaro T.M. ayni damda Milliy gvardiya xodimi emas. U oldin Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasining xodimi bo‘lgan va o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatilgan.

Uni oldindan tanigan fuqarolar tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Milliy gvardiya xodimi deb yodga olingan.

Holat yuzasidan esa Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan haydovchi T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va joriy yilning 15 sentyabr kuni ehtiyot chorasi sifatida Sud qarori bilan qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!