Peruda amerikalik alpinistning jasadi topildi

Peruda amerikalik alpinistning jasadi topildi

Peru tog‘larida bundan 22 yil muqaddam izsiz yo‘qolgan amerikalik alpinistning jasadi aniqlandi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Alpinist Bill Stampfl bundan ancha yillar muqaddam Peruning And tog‘lari bo‘ylab sayohat qilgan. Sayohati davomida u qo‘qqisdan yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida ulkan darada ko‘milib qolgan.

Sobiq alpinistning jasadi 27 iyun kuni aka-uka Rayan Kuper va Uesli Uorenlar tomonidan topilgan. Sayohatchilar Huaskaran tog‘iga safar paytida, Peruning Kordilera-Blanka tizmasidagi yassi hududda, dengiz sathidan 5 kilometr balandlikda noma’lum jasadga duch kelishgan.

Alpinistning jasadi topilganini uning o‘gli Jozef Stampfl ham tasdiqlagan.

Bill Stampflning yonidan uning nikoh uzugi, shaxsiy guvohnomasi, kamera, pasport, hamyon va ko‘zoynak ham topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bill Stampfl va uning ikki hamkasbi Stiv Erskine va Metyu Richardson 2002 yilning 24 iyun kuni Huaskaran tog‘ida qor ko‘chkisi paytida bedarak ketgan. O‘sha paytda alpinist 58 yoshda bo‘lgan. Tog‘li hududda haftalar davomida o‘tkazilgan qidiruv alpinistlarni topishga yordam bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!