Pereyra 2,84 million, Getji esa 2,62 million dollar oldi. UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Pereyra 2,84 million, Getji esa 2,62 million dollar oldi. UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Las-Vegasda 14 aprel, yakshanba kuni UFC 300 turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun Aleks Preyra va Jamal Hill o‘rtasida kechdi. Pereyra birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

Turnirdagi ishtiroki uchun jangchilar qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi:

  • Aleks Pereyra — 2.840.000 dollar
  • Maks Hollouey — 2.720.000 dollar
  • Jastin Getji — 2.621.000 dollar
  • Charlz Oliveyra — 789 ming dollar
  • Jamal Hill — 540 ming dollar
  • Irji Proxazka — 512.500 dollar
  • Kayla Harrison 312 ming dollar
  • Yan Syaonan — 290 ming dollar
  • Arman Sarukyan — 164 ming dollar.
  • Turnirning boshqa janglari natijalari:

  • Jastin Getji (25-5) BMF tituli uchun jangda 5-raundning so‘nggi soniyalarida Maks Holloueyga (26-7) yutqazib qo‘ydi;
  • Charlz Oliveyra (34-10) hakamlar qaroriga ko‘ra Arman Sarukyanga (22-3) yutqazdi;
  • Bo Nikal (6-0) 2-raundda Kodi Brandeyjni (10-6) bo‘g‘ish usulida mag‘lub etdi;
  • Irji Proxazka (30-4-1) 2-raundda texnik nokaut evaziga Aleksandr Rakichni (14-4) mag‘lubiyatga uchratdi;
  • Kelvin Kattar (23-8) hakamlar qaroriga ko‘ra Aljameyn Sterlingga (24-4) mag‘lub bo‘ldi;
  • Kayle Harrison (17-1) 2-raundda Xolli Xolmni (15-7) yengdi;
  • Diyego Lopes (24-6) 1-raundda texnik nokaut evaziga Sodik Yusufni (13-4) mag‘lub etdi;
  • Renato Moykano (19-5-1) 2-raundda texnik nokaut evaziga Jalin Ternerdan (14-8) ustun keldi;
  • Jessika Andrade (26-12) hakamlar qaroriga ko‘ra Marina Rodrigesni mag‘lub etdi;
  • Bobbi Grin (32-15-1) ochkolar evaziga Jim Millerdan (37-18) ustun keldi;
  • Deyvison Figeyredo (23-3-1) 2-raundda Kodi Garbrandtni (14-6) mag‘lubiyatga uchratdi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!