Paulu Fonseka «Milan»ni boshqaradi

Paulu Fonseka «Milan»ni boshqaradi

Yangi mavsumda «Milan» jamoasini boshqaradigan murabbiy ma’lum bo‘ldi.

Insayder Paulo Fonsekaning xabariga ko‘ra, «Milan» klubi rahbariyati «Lill» bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan kelishuvga erishgan. Portugaliyalik mutaxassis Stefano Pioli iste’fosidan keyin jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Qayd etilishicha, tomonlar 2026 yilga qadar kelishuvga erishgan. Fonsekaning yillik maoshi 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq, «Al-Ittihod» ustozi Marselo Galyardo milanliklarni boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Fonseka Fransiya klubini 2022 yildan buyon boshqarmoqda. «Lill» jamoasi joriy mavsumni 4-o‘rinda yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!