Parkent tumani hokimligi byudjet pullariga olgan “Kaptiva” yuzasidan izoh berdi

Parkent tumani hokimligi byudjet pullariga olgan “Kaptiva” yuzasidan izoh berdi

Parkent tumani hokimligi tomonidan xarid qilingan "Kaptiva" avtomashinasi bo‘yicha xabarlar tarqaldi edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov izoh berdi.

Unda aytilishicha, haqiqatan ham, tuman hokimligi "Kaptiva" rusumli avtomashina uchun shu kunlarda mablag‘ o‘tkazgan. Vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligi ham to‘g‘ri. 

Izohlanishicha, Parkent – tog‘ va tog‘oldi hududlardan tarkib topgan. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda tuman hokimligi "Kaptiva" mashinasini xarid qilishni rejalashtirgan. Biroq, o‘sha vaqtda tuman byudjetida yetarli mablag‘ bo‘lmagani tufayli, tuman hokimining farzandi, ya’ni "MEGA KARER" MCHJ ta’sischilaridan biri otasi foydalanishi uchun mazkur mashinani berib turgan.

Og‘zaki kelishuvga ko‘ra, tuman byudjetida yetarli mablag‘ bo‘lgan paytda pul o‘tkazib beriladigan bo‘lgan. Ya’ni, mashina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bo‘lgan. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, to‘lov qobiliyati shakllanganidan keyin bu mablag‘lar firmaga baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxga ko‘ra o‘tkazib berilgan.

Yanayam aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi "Kaptiva"ni keyinroq to‘lab berish shartiga rozi bo‘lgan holda topshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!