Pandemiya paytida farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalar o‘qisin!

Pandemiya paytida farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalar o‘qisin!

Farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga qanday tavsiyalar berasiz?

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: 

"Ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog‘ligiga va ruhiy holatiga albatta e’tibor berishlari kerak; 

— shu o‘rinda  psixologlar  tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning ruhiy holatiga e’tibor berishingizni so‘raladi;

— farzandingizga o‘tgan vaqt davomidagi o‘zlashtirmagan bilimlariga yetib olishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan stressni yengishga ko‘maklashish kerak;

— karantin ta’tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki o‘zingiz bilmagan holda farzandingizning  kuchli tomoniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolasiz;

— farzandingizning sog‘lig‘ini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yo‘tal, hid va ta’m sezmaslik, qorinda og‘riq, ich ketishi) paydo bo‘lsa, uni ta’lim muassasasiga yubormang;

Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiyena qoidalarini o‘rgating:

— qo‘llarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;

—sovun va suv bo‘lmasa, qo‘llar uchun spirt atarkibli dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 70 foiz bo‘lishi kerak);

— faqat toza ichimlik suvini ichish;

— jamoat hojatxonalari hamda uyda hojatxona tozaligiga e’tibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;

— chiqindilarni xavfsiz hamda to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va utilizasiya qilish ko‘nikmalari;

— nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yo‘tal va aksirganda og‘iz-burunni mato yoki tirsak yordamida to‘sish;

— kaft bilan yuzga, ko‘zlarga, og‘iz va burunga tegmaslik.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati va pedagoglari bilan ma’lumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda bo‘lib, maktab xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar bilan tanishib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!