Pandemiya davrida amerikalik milliarderlarning boyligi qanchaga ko‘paydi?

Pandemiya davrida amerikalik milliarderlarning boyligi qanchaga ko‘paydi?

Americans for Tax Fairness huquqni himoya qilish tashkiloti va Siyosiy tadqiqotlar instituti e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, oxirgi 12 oy davomida amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi miqdori 1,3 trln dollarga yoki pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan 44,6 foizga ko‘paygan.

Pandemiya davrida AQShdagi milliarderlar soni 43 nafarga oshib, 657 nafarga yetgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Ilon Maskning boyligi 559 foizga yoki 137 mlrd dollarga, Jeff Bezosning boyligi 58 foizga yoki 65 mlrd dollarga, Mark Sukerbergning boyligi 86 foizga yoki 47 mlrd dollarga ko‘paygan.

Ushbu davr mobaynida eng ko‘p daromadga erishgan milliarderlar texnologiya sohasida faoliyat yuritadi. Keyingi o‘rinda moliya va investisiya yo‘nalishidagi milliarderlar joylashgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning 21 martidan shu yilning 20 fevraligacha qariyb 80 mln kishi ishsiz qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!