OTMlarda kontrakt to‘lovchilar uchun soliq imtiyozlari bormi?

OTMlarda kontrakt to‘lovchilar uchun soliq imtiyozlari bormi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda sohaga oid savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— OTMlarda kontrakt to‘lovchilar uchun soliq imtiyozlari bormi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lov soliq to‘lovchining soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Agar soliqqa tortilgan bo‘lsa, deklarasiya taqdim etish yo‘li bilan qaytarib olinadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!