"Osh yemaganlar": Gulistonda tekin osh uchun to‘polon bo‘ldi

"Osh yemaganlar": Gulistonda tekin osh uchun to‘polon bo‘ldi

Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi Guliston shahrida 8 iyun kuni «Tashabbus—2019» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar vaqtida 5 tonnalik megapalov damlangan. So‘ng yegulik aholiga bepul tarqatilgan.

Palovni bepul tarqatish vaqtida aholi tartibli navbat tashkil qila olmagan (katta ehtimol bilan, tashkilotchilarning o‘zi ham tartibli navbatni hosil qilish uchun ko‘p ko‘mak bermagan).

Tartibsizlik holatining videolari esa ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram’dagi ommabop kanallarda tarqalib ketgan. Aksariyat foydalanuvchilar bepul oshga navbatda turganlarning tartibsiz harakatlarini qoralagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!