Olimlar tuz keltirib chiqaradigan o‘lim xavfi haqida ma’lum qildi

Olimlar tuz keltirib chiqaradigan o‘lim xavfi haqida ma’lum qildi

Tuz iste’moli o‘lim xavfi bilan bevosita bog‘liq. Bu haqda xalqaro ilmiy guruh ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Olimlar 30—54 yoshda bo‘lgan yuqori arterial qon bosimiga ega 2974 nafar bemor ishtirokida tadqiqot o‘tkazgan. Ilmiy guruh turli usullar bilan bemorlardan yig‘ilgan peshob namunalaridagi natriy darajasini tahlil qilgan.

24 yillik kuzatuvlar davomida tajribaning 272 nafar ishtirokchisi vafot etgan. Aniq bo‘lishicha, tuz iste’moli va o‘lim xavfining oshishi o‘rtasida bevosita aloqa mavjud.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!