OKMK kambek evaziga "Bobur Arena"da "Andijon"ni mag‘lub etdi

OKMK kambek evaziga "Bobur Arena"da "Andijon"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston chempionatining 14-turida OKMK safarda "Andijon"ga qarshi maydonga tushib, kambek amalga oshirdi. "Konchilar" 0:2 hisobini 3:2ga aylantirib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Olmaliqliklar tarkibida yangi legioner Kleydi Datsi debyut o‘yinidayoq dublga erishdi.

Mirjalol Qosimov jamoasi ochkolarini 26 taga yetkazib, peshqadam "Nasaf" bilan tenglashdi. "Andijon" 19 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi.

Superliga. 14-tur
Andijon — OKMK 2:3

3 avgust, «Bobur Arena»
Gollar: Ilhom Abdug‘aniyev (33), Levan Arveladze (41, penalti) — Kleydi Datsi (43, 65), Ruben Sanches (79).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!