OAV: Shahzoda Salman Netanyaxu bilan muloqotga tayyor

OAV: Shahzoda Salman Netanyaxu bilan muloqotga tayyor

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Qo‘shma Shtatlar oldida o‘z obro‘sini oshirish uchun Isroil bilan hamkorlik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Qo‘shma Shtatlarning obro‘sini yaxshilash uchun Isroil bilan muloqot qilishga tayyor. Bu haqda The Middle East Eye nashriyotining bosh muharriri Devid Xyorst yozmoqda.

Xyorstning so‘zlariga ko‘ra, bin Salmonga nisbatan, jurnalist Jamol Qoshiqchini Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligidagi shafqatsiz qatliomidan keyin Vashingtonning munosabati yomonlashgan.

AQSh xukumtiga o‘zini "dunyo siyosatchisi" sifatida taqdim etish ilinjida, taxt vorisi AQSh prezidenti Donald Tramp huzurida, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuga qo‘l siqishib ko‘rishishga tayyor, deyiladi The Middle East Eye maqolasida.

Hyorstning yozishicha, Saudiya razvedkasi vakillari, matbuot, diplomatlar, harbiy va siyosiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh Ar-Riyodning valiahd shahzodasining obro‘sini yaxshilash maqsadida munozaralar olib borishmoqda.

"Imidmeykerlar jamoasi, valiahd shahzodani islohotchi sifatida namoyish etuvchi AQSh Kongressidagi Respublikachilar vakillari o‘zlarini sodiqligini his etishmoqda degan xulosaga kelishgan ", deb yozadi The Middle East Eye bosh muharriri.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, valiahd shahzoda ushbu tashabbusni ijobiy baholadi va ishchi guruh ishtirokchilarini ushbu masalani to‘liq o‘rganib chiqishni taklif qildi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!