Nursulton Nazarboyevining nevarasi Londonda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Nursulton Nazarboyevining nevarasi Londonda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Qozog‘iston sobiq prezidentining nevarasi Oysulton Nazarboyev Londonning Kovent-Garden tumanidagi birovning uyida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan va suiqasdning oldini olmoqchi bo‘lgan polisiyachini tishlab olgan. Skotland Yard RBK nashriga bu xabarni tasdiqladi, deb yozmoqda Minbar nashri.

Shunday qilib, London polisiyasi Metro UK gazetasida chiqqan ma’lumotlarni tasdiqladi. Gazeta maqolasida 5 iyunda Oysulton Nazarboyev polisiyachi Ross Sembrukni tishlab olgani haqida yozilgan edi.

Hozir xizmat vazifasini o‘tayotgan polisiyachiga jarohat yetkazish bo‘yicha ish ochilgan. London tumanlaridan biri bo‘lmish Sautuark sudi ishni ko‘rib chiqmoqda.

Oysulton Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva va Rohat Aliyevning ikkinchi o‘g‘lidir.

Avvalroq Oysulton Nazarboyev Facebook izohida narkotikka ruju qo‘ygani va hozir davolanayotganini aytgan edi. Narkotikka o‘tirib qolganini u otasining o‘limidan keyin depressiyaga tushib qolgani bilan izohlagan.

Rohat Aliyev 2008 yili Nursulton Nazarboyev bilan janjallashib Yevropaga qochgan, 2015 yili Vena qamoqxonasida sirli ravishda vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!