Nuriyev ikkinchi bor Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Nuriyev ikkinchi bor Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Salohiddin Samadovich Nuriyev Adliya vaziri buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Nuriyev Salohiddin Samadovich – 1981 yil 3 noyabrda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos. 2001 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini, 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i vazifalaridan boshlagan. 2006 – 2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan manitoring qilish markazi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, 2010 – 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining boshlig‘i, 2014 – 2018 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yil - Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar Samarqand viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!