Nurafshonda sudya sud o‘tkazmay turib, tegishli sud hujjatini qabul qildi(mi)?

Nurafshonda sudya sud o‘tkazmay turib, tegishli sud hujjatini qabul qildi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator kanallarda Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi o‘tkazilmagan sud majlisini go‘yoki bo‘lib o‘tgan, deya qayd etib, tegishli sud hujjati qabul qilingani, ushbu holat bo‘yicha uning (sudyaning) harakatlariga huquqiy baho berilishi shartligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabarlarda qayd etilganidek, mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Toshkent viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay’ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega.

Shikoyat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!