Nukusda milisionerga 1 mln so‘m pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Nukusda milisionerga 1 mln so‘m pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Nukus shahrida yashovchi xususiy tadbirkor A.O. Qozog‘istondan poyezdda olib kelgan 6 million so‘mlik kiyim-kechaklarni bojxona teshiruvidan yashirin ravishda olib o‘tayotganida ushlangan.

O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, u 11 sentyabr kuni ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni bojxona boshqarmasiga yubormasdan, ijobiy hal qilib berish evaziga Nukus shahar ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimga 1 million so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.

Milisiya xodimi ushbu holat haqida o‘z rahbariga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng 12 sentyabrida ichki ishlar va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.O. xodimning xizmat xonasida unga 1 million so‘m pulni pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan.

«Holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi IIV axborotida.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!