Noqonuniy qurilishlarga choralar ko‘rilmoqda

Noqonuniy qurilishlarga choralar ko‘rilmoqda

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Guliston shahar “Yangi hayot” MFYdagi Yangi bozor hududida tadbirkorlar tomonidan shaharsozlik norma qoidalariga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan qurilgan, binolarga o‘zgartirish kiritilgan hamda ruxsatnomasiz yengil tipdagi qurilmalarni o‘rnatish kabi holatlarni o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Tadbir davomida o‘ndan ziyod shaharsozlik normalari va qoidalariga zid ravishda qurilib yoki o‘rnatib olingan qurilmalar aniqlangan. Jumladan, ko‘p qavatli uylarga qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilganligi va ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan yengil tipdagi qurilmalarni o‘rnatish holatlari aniqlanib, mazkur holatlar bo‘yicha tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.

Yangi bozor hududida aniqlangan 5 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga zid ravishda qurib olingan hamda yengil tipdagi konstruksiya qurilmalari mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, ko‘p qavatli uylar atrofida tadbirkorlar tomonidan o‘rnatib olingan 3 ta konteyner olib tashlandi.

Shuningdek, Samarqand ko‘chasida ham o‘rganish ishlari davom ettirilib, xususan, mulk egalari tomonidan qurilish chegarasidan chiqqan holda noqonuniy ravishda qo‘shimcha qurilgan binolar aniqlanib, fuqarolar va tadbirkorlarga belgilangan tartibda ogohlantirish xatlari taqdim etildi.

Ushbu ogohlantirish xatlarida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qonunga zid ravishda qurib olingan yoki o‘rnatib olingan ob’ektlarni 15 kun muddat ichida ular tomonidan buzib tashlanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur aniqlangan noqonuniy ob’ektlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!