Noma’lum shaxs Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga hujum qildi

Noma’lum shaxs Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga hujum qildi

7 iyun, juma kuni Kopengagenda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga hujum uyushtirildi. Hodisa hukumat rahbari ko‘chalardan birida aylanib yurganida sodir bo‘lgan.

Daniya axborot agentliklari xabariga ko‘ra, hukumat rahbari Daniya poytaxtining Eski shaharchasidagi Kyltorve maydonida bo‘lganida noma’lum erkak unga yaqinlashib, uni urgan.

Hujum qilgan erkak polisiya tomonidan qo‘lga olingan.

Hukumat idorasi ta’kidlaganidek, bosh vazir "bo‘lib o‘tgan voqeadan hayratda qoldi". Frederiksenning o‘zi bu borada hech qanday bayonot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!