Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda? Boshqa hududlar va tumanlar ham bor-ku?

Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda? Boshqa hududlar va tumanlar ham bor-ku?

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi yuzasidan aholidan kelgan savollarga javob qaytarildi:

— Kuni kecha SSV tomonidan COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanmani 6-nashri chiqqanligi aytib o‘tildi. Infeksiya O‘zbekistonga kirib kelganiga  5 oy bo‘lgan bo‘lsa-da, nima uchun tavsiyalar tez-tez o‘zgaryapti? O‘zbekistondagi barcha shifokorlarga  ushbu tavsiyalarning har bir sonini vaqtida yetkazib berish imkoni bormi?   

— Pandemiya tez rivojlanayotganligi sababli, butun dunyo  olimlari  bir joyda to‘xtamayaptilar, ular doimiy   izlanishdalar. Virusning  yangi qirralari hamda yangi davolash usullari ustida muntazam ish olib borilmoqda.Shuning uchun ham har bir davlat qo‘llanmani mahalliy sharoitlarga moslagan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda qo‘llanma to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Shuning uchun ushbu qo‘llanmalarni biz vaqtincha tavsiyalar asosida yaratilgan qo‘llanma deymiz.

O‘zbekistondagi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan ushbu klinik qo‘llanmalar hozirgi kunga mavjud klinik dalillar, yaxshi tajriba va ekspert xulosalari asosida yaratilmoqda.

Qo‘llanma tayyorlashda quyidagi ikkita ustuvor yo‘nalishlar hisobga olindi:

— COVID-19 infeksiyasi yuqishi ehtimolini kamaytirish.
— COVID-19 infeksiyasi gumon qilinganda va/yoki tasdiqlanganda, xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash.

— Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda? Boshqa hududlar va tumanlar ham bor-ku? 

— Hozirgi kunda epidemiologik vaziyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa hududlarga nisbatan birmuncha og‘ir bo‘lganligi sababli barcha davolash va kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan pilot loyihxalar birinchi navbatda Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Ushbu loyihalar asosida bemorlarga malakali va tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi tizimi tashkil etildi. 

Ushbu loyixalar ijobiy samara berganligi sababli hozirgi kunda respublika bo‘ylab yangi tizim asosida ish olib borish tatbiq etilishi boshlandi.

— Ukam koronavirus pnevmoniyasidan tuzaldi va kasalxonadan uyga ruxsat berishdi. Unda juda kuchli holsizlik bor. Endilikda qanday parvarish kilish, asoratlar qolmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot bersangiz?

— Davolanish jarayonidan keyin holsizlik bo‘lishi tabiiy holat. Shuning uchun uy sharoitida reabilitasiya jarayonini olib borishingiz  kerak. 

Siz ukangizga vitaminga boy oziq ovqatlar berishingiz, badantarbiya bilan shug‘ullantirishingiz, nafas mashqlarini muntazam bajartirishingiz va shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishingiz zarur!

— Toshkent shahridagi poliklinika, klinika va SES telefon raqamlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin?

— Hozirgi vaqtda poliklinikalar, klinikalar va SES (sanitariya-epidemiologiya xizmatlar) telefon raqamlari bazasi kiritilgan zvoni.uz sayti yaratildi.

Ushbu saytda Toshkent shahridagi poliklinika, klinika va SESlarning ishlab turgan raqamlarini topishingiz mumkin.

— Farzandim tug‘ilgandan keyin uni COVID-19dan qanday himoya qilishim mumkin?

— Eng yaxshisi, siz oila a’zolaringiz bilan birga bo‘ling va mehmon kutmang! Shuningdek, boshqa farzandlaringiz atrofdagilar bilan aloqada bo‘lmaganliklariga e’tibor qarating.

Oila a’zolaringiz tez-tez qo‘lini sovunlab yuvsin va sog‘ligi to‘g‘risida jiddiy qayg‘ursin. 

Gigiyena qoidalarga rioya qiling va sog‘lom turmush tarzini olib boring!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!