Nihoyat! Turkmanistonda  koronavirus haqida gapirishga ruxsat etildi  ​​​​​​​

Nihoyat! Turkmanistonda  koronavirus haqida gapirishga ruxsat etildi  ​​​​​​​

Turkmaniston hukumati mahalliy shifokorlarga koronavirus haqida gapirishga va himoya qo‘lqoplari, kiyimlari va niqoblarida ishlashga ruxsat etdi.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarga “Remantadin” dorisini buyurish tayinlandi. 

Xabar berilishicha, Turkmanobod shahri kasalxonalarida kamida 13 nafar koronavirusga chalingan bemor bor. 

Turkmanistonda koronavirus yo‘q, degan iddaoni tasdiqlash uchun ularni Xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasining bu mamlakatga qilinadigan vizitidan oldin boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

«Xronika Turkmenistana» sayti xabariga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar tutib turilgan kasalxonada hozir hech kim qolmagan. Ko‘pchilik bemorlar uylariga qo‘yib yuborilgan, ularga shifokorlar qarab turishadi. Yana bir necha kishi Garashsizlik mintaqasida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylangan. 

JSST vakillari iyul oyida Turkmanistonga kelishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!