Nepalda toshqinlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi bedarak yo‘qoldi

Nepalda toshqinlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi bedarak yo‘qoldi

Nepal hukumati chorshanba kuni toshqinlar oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lganidan va kamida 20 kishi,shu jumladan oltita chet el fuqarosi yo‘qolganidan keyin qutqaruv ishlarini olib bordi, deb yozadi New York Post.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bedarak yo‘qolgan chet el fuqarolari Xitoy va Hindistondan. Hukumat qutqarish va evakuasiya ishlariga yordam berish uchun mablag‘ ajratdi.

Guvohlarning aytishicha, Melamchida bir necha kishi o‘zlarining mollari bilan tepalikka ko‘chib ketishgan va armiya vertolyotlari tashlandiq uylarda bo‘lganlarni qutqarishgan.

Hokimiyat Hindistonga quyiladigan Narayani daryosi bo‘yida yashovchilarni daryo xavfli sathidan oqayotgani sababli hushyor bo‘lishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!