Nega O‘zbekiston qariyb so‘nggi o‘rinni egalladi?

Nega O‘zbekiston qariyb so‘nggi o‘rinni egalladi?

Yaqinda e’lon qilingan Tengsizlik darajasining pasayishiga moyillik indeksida O‘zbekiston jahonning 157 davlati ichida oxiridan bitta oldingi o‘rinni egalladi va faqat Nigeriyaga «yutqazdi». Mazkur indeks mamlakatlarning tengsizlik darajasini pasaytirishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini baholaydi. Oddiy qilib aytganda, O‘zbekistonda tengsizlikni pasaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlari jahondagi eng yomonlaridan biri, shu sababli mamlakatdagi bu boradagi vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun mazkur masalani juda jiddiy o‘rganib chiqish taqazo etilmoqda.

Keling, tahlil qilaylik va Hukumat uchun ayrim xulosalarni taqdim etaylik: mamlakatda tengsizlik darajasini pasaytirish chora-tadbirlari qo‘llanilishi uchun nimalar qilmoq kerak?

O‘zbekistondagi holat jiddiy yaxshilanishi kerak bo‘lgan indeksning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:

1. Soliqlarni yig‘ish borasidagi sa’y-harakatlar

Reytingdagi real soliqlarning boylar tomonidan kambag‘allarga nisbatan qamrab olinishi va o‘sib borishi bo‘yicha tarkibiy qismida O‘zbekiston, afsuski, so‘nggi o‘rinda. Ya’ni bu shu narsani bildiradiki, mamlakatda soliq siyosati va soliq ma’murchiligi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, butun fiksal siyosat tengsizlik darajasini pasaytirishiga xizmat qilishiga erishish kerak.

Mavjud tizim esa boshqa mamlakatdagilar bilan taqqoslansa, tengsizlikni kamaytirish nuqtai nazaridan eng yomoni hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan ifodalansa, O‘zbekistonda boy odamlar o‘zlarining daromadlariga mos soliq to‘lashmaydi, ya’ni o‘zlarining real daromadlaridan soliq ko‘rinishida juda arzimas qismini ajratishadi. Bu holda kambag‘al qatlam (jumladan, byudjetdan maosh oluvchilar: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va h.k.larning asosiy qismi) o‘zlarining real daromadlaridan juda katta qismini soliq sifatida to‘lashadi.

Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, davlat byudjeti ehtimolli soliqqa tortiluvchi bazaning katta qismini qamrab ololmayapti, bu esa garchi foizdagi tarkibi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslanganida juda yuqori bo‘lganiga qaramasdan, ta’lim va tibbiyot uchun real past xarajatlarga olib kelmoqda.

Shu sababli bejizga Respublika Prezidenti bir necha bor yutuqlarni «foizlar»da ko‘rsatib maqtanish o‘rniga, raqamlarning real holatini o‘rganish kerakligini o‘ta tanqidiy ruhda qayd etib o‘tmagan edi. Moliya vazirligiga kelgusi yilga soliq siyosatini shakllantirishda bu masalaga jiddiy e’tibor berish kerak bo‘ladi. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, bunday fiskal siyosat mamlakat aholisi o‘rtasida tengsizlikni kuchaytiraveradi, bu esa mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

2. Mehnatkashlarning huquqini himoya qilish

Reytingning mazkur tarkibiy qismida O‘zbekiston pastki o‘rinlarda joylashgan, bu kam ta’minlangan mehnatkashlarni ekspluatasiya qilish va ularning huquqini poymol qilishga izn beradi. Mehnat vazirligidan mehnatkashlarning huquqini real himoya qilish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish talab etiladi.

Quyida Indeks va uning ayrim tarkibiy qismlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari ba’zi bir davlatlar kesimida tasvirlangani keltirilgan:

Mamlakat

CRII RANK

 

(Umumiy reyting-dagi o‘rni)

Tax Effort Rank

 

Soliqlar

yig‘ish bo‘yicha sa’y-harakatlarreytingi

TAX RANK

 

 

Butun soliq siyosati reytingi

Labour Rights Rank

 

Mehnatkashlar huquqini

himoya qilish reytingi

Daniya

1

1

2

5

Qirg‘iziston

62

10

63

60

Qozog‘iston

71

68

119

54

O‘zbekiston

156

153

156

148

Nigeriya

157

149

104

119


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!