Navoiyda karmanalik bezorilarga qonuniy chora ko‘rildi

Navoiyda karmanalik bezorilarga qonuniy chora ko‘rildi

Karmana tumani Kalovat mahallasida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Sanjar qo‘shni mahalladagi do‘sti bilan mashinada ko‘cha sang‘ishni odat qildi. Bu safar ham ular tekkanga tegib, tegmaganga kesak otib vaqtini o‘tkazar, boshqalarni mazax qilib rohatlanardi. Bundaylarga salom berish tugul yuziga qaraging kelmaydi. Bir kuni tasodifan o‘zining yumishlari bilan yurgan Behzodni to‘xtatib “Nega bizga salom bermaysan”, - deya so‘roqqa tutadi. Izzatalab Sanjarning bema’ni so‘roqlari janjalga aylanib ikkovlon Behzodni do‘pposlaydilar. Olingan tan jarohati tibbiy ma’lumotnomada bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq jaroxati, o‘ng yonoq va gaymar suyagi sinishi, o‘ng ko‘z qovoqlari lat yeyishi va qontalashi tashhisi bilan qayd etildi.

Sayoq yurgan tayoq yeydi deganlaridek, Sanjar hamda uning o‘rtog‘i o‘zlarining hatti-harakatlari uchun endi qonun oldida javob beradilar.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!