Navoiyda 12 marta “radar”ga tushib jarima to‘lamagan haydovchining mashinasi xatlandi

Navoiyda 12 marta “radar”ga tushib jarima to‘lamagan haydovchining mashinasi xatlandi

Xatirchi tumanida qoidabuzarlik sodir etib, to‘lamay yurgan haydovchining Lacetti mashinasi MIB tomonidan xatlandi. Bu haqda MIB Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, MIBning Xatirchi tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.F.ga nisbatan IIB YHXB tomonidan qo‘llanilgan 12 ta ma’muriy bayonnomaga asosan jami 105 mln 745 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lgan. Haydovchi mavjud qarzdorlikni to‘lamagach, unga tegishli tegishli bo‘lgan Lacetti mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Haydovchi 12 ta holatda ham tezlik cheklangan hududlarda tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!