NATO Ukraina bo‘yicha maxsus vakil lavozimini joriy etishni rejalashtirmoqda

NATO Ukraina bo‘yicha maxsus vakil lavozimini joriy etishni rejalashtirmoqda

Foreign Policy nashriga ko‘ra, NATOning Ukrainadagi “katta fuqarolik vakili” lavozimi alyansning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan yubiley sammitida taqdim etilishi kutilmoqda. Maxsus vakil ittifoqchilar tomonidan Ukrainaga harbiy yordam berilishini muvofiqlashtiradi.

Nashr suhbatdoshlarining fikricha, bunday qadam NATOga Ukrainaga ham, Rossiyaga ham siyosiy signallar yuborish imkonini beradi. Alyansning ba’zi vakillari maxsus vakil tayinlanishini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdagi navbatdagi qadam deb atasa, boshqalari buni NATOga a’zo bo‘lishga intilayotgan davlat uchun “tasalli mukofoti” deb atamoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Germaniya Rossiya bilan mojaroning kuchayishidan qo‘rqib, bu yil Ukrainani NATOga taklif qilishga qarshi chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!