NASA Quyoshdagi kuchli chaqnash suratini namoyish qildi

NASA Quyoshdagi kuchli chaqnash suratini namoyish qildi

9 fevral kuni Quyoshda kuchli chaqnash kuzatildi - NASA Quyosh dinamikasi observatoriyasi xodimlari bu lahzani suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fotosuratda ultrabinafsha nurlanish qayd etilgan, u pastki o‘ng qismida aniq ko‘rinadi.

Quyosh chaqnashi - bu Quyosh yuzasidagi portlash bo‘lib, qisqa vaqt ichida juda katta miqdorda energiya chiqaradi.

Chaqnash kuchi X3.3 sifatida tasniflangan. X - chaqnash sinfini (eng kuchli portlashlarni) bildiradi, raqamlar esa sinf ichidagi kuchni bildiradi (maksimal 10, lekin bunday chaqnash juda kam uchraydi).

NASA ta’kidlashicha, X sinfidagi chaqnashlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigasiya signallariga ta’sir qilishi va kosmik kemalar, astronavtlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Qayd qilinishicha, kelajakda yanada kuchli chaqnashlarni kutish mumkin: quyosh sikli maksimal faollikka yaqinlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!