Namanganda metan gaz narxi oshdi (mi?) Moliya vazirligi sanksiya qo‘llashi mumkin (foto)

Namanganda metan gaz narxi oshdi (mi?) Moliya vazirligi sanksiya qo‘llashi mumkin (foto)

Fuqarolar tomonidan bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda 2019 yil 1 yanvardan boshlab Namangan shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazni narxi yana oshirilgani haqida murojaatlar kelib tushdi, deya xabar berdi O‘zA ga O‘zbekiston iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Namangan shahar​ bo‘limi.

Ushbu murojaatlarga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparati ishchi guruh tuzib, Namangan shahrida joylashgan gaz quyish shoxobchalarida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish yakuni bo‘yicha haqiqatdan ham Namangan shahri bo‘yicha faqatgina 2 ta shoxobchada gaz 2100 so‘mdan sotilayotgani, qolgan gaz quyish shoxobchalarida esa 1900 so‘m va Ezgu niyat sari MCHJ gaz zapravkasida 1750 so‘mdan sotilayotgani aniqlandi. Gaz narxini o‘zboshimchalik bilan ko‘tarib olgan shoxobcha rahbarlari bilan bayram bo‘lgani uchun bog‘lanib ma’lumot olishning imkoni bo‘lmagan. Operatorlar, Bizga rahbariyat tomonidan shunaqa topshiriq bo‘ldi , deb qutilib qolishgan.

2018 yil 24 noyabr kuni Moliya Vazirligini RUZ-68-2018-sonli buyrug‘iga asosan 2100 so‘mga oshgan gazni narxini 1900 so‘mga tushirishga erishilgan edi. Agarda gaz narxini belgilangan narxdan oshirib sotiladigan gaz quyish shoxobchalari aniqlansa, Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirishlar berilgan edi. Oradan bir oydan ozgina vaqt o‘tib, Namanganda Gaz fuyeling station MCHJ (xalq tili bilan aytganda teshik tosh) gaz zapravka 2018 yil 5 dekabrdan gaz narxini 2100 so‘m, Bog‘ishamol Obod MCHJ yangi yil kirib kelishi bilan gaz narxini 2100 so‘mga ko‘tarib olishgani aniqlandi.

Biz bu masalaga aniqlik kiritamiz. Agarda yuqorida nomlari keltirilgan 2 ta zapravka gaz narxini arzonlashtirishmasa Moliya Vazirligiga holat yuzasidan bildirgi berib, sanksiya qo‘llaniladi , deyiladi xabarda.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!