Namanganda kunduz kuni 17 yoshli qizga tajovuz qilishdi

Namanganda kunduz kuni 17 yoshli qizga tajovuz qilishdi

Namangan viloyati. 2021 yilning 28 aprel kuni soat 23:40 larda Norin tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 14:30 larda 17 yoshli A.Sarvinoz Norin tumanida joylashgan 2-sonli maktabdan yashash xonadoniga ketayotgan vaqtida, uning orqasidan noma’lum shaxs kelib, qo‘lidagi sumkasini tortib olib, sumka ichidagi narxi 1 200 000 so‘mlik “Samsung A 10 S” rusumli telefonini olib hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli S.Jasurbek sodir qilganligi aniqlanib, undan A.Sarvinozga tegishli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Jasurbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.     


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!