Namanganda bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida 3-qavatdan itarib yuborishdi

Namanganda bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida 3-qavatdan itarib yuborishdi

Namangan shahar, Obihayot MFY, Ibrat ko‘chasida joylagan 10-uy, 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 17.06.2002 yilda tug‘ilgan X. M. hamda uning tanishi N. L. 2003 yilda tug‘ilgan M. A. (bank kassiri) bilan o‘zaro tortishish natijasida, janjallashib ketishgan. Keyin esa M.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, uni qo‘p qavatli xonadonning 3-qavatidan pastga itarib yuborishgan.

Shundan so‘ng, ular yashirinish maqsadida “Spark” rusumli avtomashinada voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketib yashiringan.

M.A. voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonning hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan. Shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, bank kassiridagi jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.M. va N.L. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!