Namanganda avtohalokat: ikki kishi vafot etdi

Namanganda avtohalokat: ikki kishi vafot etdi

2019 yil 7 aprel kuni soat 03:30larda Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan O.X. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Turkiston mahallasi hududida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, fuqaro Z.B. boshqaruvidagi KrAZ-355 rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada Nexia yo‘lovchisi N.Z. jarohat olib voqea joyida, haydovchisi O.X. kasalxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi M.S. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!