Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani rostmi?

Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qodirovni tergov qilgan prokuror ham qamoqqa olindi mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ularda joriy yil 8 mart kuni Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Toshev yuqori lavozimdagi amaldorga katta miqdorda pora bera tgan paytda DXX xodimlari tarafidan ushlangani qayd etilgan. Toshev 50 ming AQSh dollar pora bera tgan paytda qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoq ehti t chorasi belgilangan bildirilgan.

O‘zA ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi. Matbuot xizmatida U.Toshevning ushlangani haqida ma’lumot yo‘q ekan.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Toshev Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifidan so‘ng ishdan olingandi. U 2018 yil aprelida Namanganda ish boshlagan, bundan avval Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!