Nahotki?! Vaksinaning koronavirusga butunlay barham berishi ehtimoldan yiroq

Nahotki?! Vaksinaning koronavirusga butunlay barham berishi ehtimoldan yiroq

Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Patrik Vallansning ogohlantirishicha, koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina uni batamom yo‘q qilishi ehtimoldan yiroq bo‘lib, COVID-19 hech qachon yo‘qolib ketmasligi mumkin.

“Mening o‘ylashimcha, biz hech qachon koronavirusni batamom yenga oladigan vaksinaga ega bo‘lmaymiz. Bu virus dunyo bo‘ylab aylanib yuraveradi va u endemik kasallikka aylanadi. Mening bu boradagi fikrim shunday va ko‘plab odamlar unga qo‘shilishadi, deb hisoblayman. Virusga qarshi kurashda olib borilayotgan ishlar yaxshilangani va vaksina qabul qilib COVID-19 ga chalinish ehtimolingiz kamaygani sari koronavirus mavsumiy shamollashdek oddiy kasallikka aylanadi” deydi Ser Patrik Vallans Britaniya hukumati qo‘mitasiga.

Endemik kasallik deganda odamlar orasida doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan xastaliklar tushuniladi. Bunga mavsumiy grippni misol qilib keltirish mumkin.

Vallansning aytishicha, batamom yo‘q qilingan yagona kasallik bu chechakdir. Shuningdek, Vallans samarali vaksina bahorgacha tayyor bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Hozirda AQSH, Xitoy, Britaniya va boshqa davlatlarda koronavirusga qarshi vaksinalarning so‘nggi sinovlari o‘tkazilmoqda. Lekin, olib borilayotgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi vaksina odam organizmida uzoq muddatli immunitet hosil qilmaydi. Bu esa odamlar har yili emlanishga ehtiyoj sezishlarini anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!