Nahotki! Maradonaning o‘g‘li reanimasiyada

Nahotki! Maradonaning o‘g‘li reanimasiyada

1986 yilgi jahon chempioni marhum Diyego Maradonaning o‘g‘li kichik Diyego Maradona otasining o‘limi haqida reanimasiyada bo‘lganida xabar topdi, deb yozdi jurnalist Tankredi Palmeri tvitterdagi mikroblogida.

Afsonaviy futbolchi 25 noyabr kuni 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. O‘g‘li esa koronavirus asoratlari tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

"Afsuski, “sariq matbuot” vakillaridan biri unga qo‘ng‘iroq qilib, otasi bilan bog‘liq holatga bo‘lgan munosabati qandayligini bilmoqchi bo‘ldi va kichik Diyego otasini yo‘qotganini shu tarzda bildi", deb yozgan Palmeri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!