Mutaxassislar eng ommalashgan onlayn firibgarliklar haqida ma’lumot berdi

Mutaxassislar eng ommalashgan onlayn firibgarliklar haqida ma’lumot berdi

Mutaxassislar onlayn firibgarlikning eng mashhur turlarini e’lon qilishdi.

Bu haqda Kasperskiy laboratoriyasi va Tinkoff mutaxassislari taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib “RT” xabar bermoqda, dedi "hudud24.uz".

Ularning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda Internetda tovar sotib olish yoki sotish maxsus  ssenariysi bo‘yicha 60 foiz muvaffaqiyatli hujum amalga oshirilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich atigi 25 foizni tashkil etgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar haqiqiy bozor saytlarini aniqlashda adashishgan hamda soxta platformalar ta’siriga tushib qolishgan.

Onlayn firibgarlikning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu fishing — taniqli veb-saytlar va to‘lov shakllarining nusxalarini yaratish jinoyati hisoblanadi. Kasperskiy laboratoriyasining ta’kidlashicha, o‘tgan yili ular 80 milliondan ortiq fishing saytlariga kirishga urinishlarni to‘sib qo‘yishgan.

Qayd etilishicha, o‘rtacha hisobda 2020 yilda firibgarlar sxemasiga tushgan xaridorlar o‘n ming rubl, sotuvchilar esa olti ming rublgacha yo‘qotishgan.

Mutaxassislar ruslarga shubhali manbalardan saqlanishni, shuningdek, shubhali pochta xabarlari va “reklamadagi lavozimlar” yoki “tanlovlar” e’lonlariga ishonib qolmasliklarini tavsiya qilishdi. Shuningdek, yuklab olingan dasturlarni muntazam ravishda yangilab turish va har bir fuqaro o‘z hisobi uchun murakkab parollarni tanlashi kerakligini ta’kidlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!