"Musodara tovarlar" ortida yashiringan firibgarlik fosh bo‘ldi

"Musodara tovarlar" ortida yashiringan firibgarlik fosh bo‘ldi


——
Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida yashovchi 57 yoshli U.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 22 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, A.A. jabrlanuvchi U.A. bilan “Telegram” messenjeridagi “Musodara tavarlar100” nomli guruhda tanishib, unga arzon-garovga maishiy texnikalar yetkazib berishini yolg‘ondan aytib, uni aldab, oldindan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, akkauntini "qora ro‘yxat"ga kiritib qo‘ygan va buyurtma qilgan ko‘ylagi ham yetkazib berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a,b" bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!