Muqaddas nega Yigitalining onasini «qaynonam» demasligini aytdi

Muqaddas nega Yigitalining onasini «qaynonam» demasligini aytdi

Muqaddas Sa’dullayeva qaynonasi – aktyor Yigitali Mamajonovning onasini tavallud ayyomi bilan  tabrikladi va nega qaynonam demasligini izohladi.

Oyijonim... Qaynonam demayman hech, "o‘zimnikilar" orasida ham, dugona-tanishlar davrasida ham oyijonim deb gapirsam, kimlarningdir g‘ashiga tegib qo‘yibman. "Namuncha" deyishdi, "Oshirvording" deyishdi... Ular qaydan bilsin, siz bilan mening tunlarni tonglarga ulab, sirlashib o‘tirishimizni. Hamma uxlaganda, dunyo orom olganda Alloxdan baxt so‘ragan ikkovimiz dillashishimizni hech kim bilmaydi, oyijon.

Men doim hadikda yurardim. Qo‘rqardim, rosti. Turmush o‘trog‘imning onasi meni ham yaxshi ko‘rarmikan, “Toshkentlik kelin” deb, ortiqcha tergayvermasmikan, deb. "Bir-birimizni tushuna olarmikanmizmi", deb ko‘p o‘ylardim. Chunki baxtning yarim pallasi qayin-bo‘yinlar bilan munosabatga ham bog‘liq.

Shukr! Xudoyim kutganimdan ortiq suyuntirdi. Yoshlik qilsam, shoshqaloqlik qilsam, eplamasam-ulgurmasam – meni tushunadigan onajonim yonimdalar. Uch farzandni eplashning o‘zi bo‘lmaydi. Shukr. Oyijonim yonimdalar! Doim jilmayib turadigan, nabiralarini yeru ko‘kka ishonmaydigan, oilani kipriklarida ko‘taradigan, kichkina jussasida ulkan matonati bor - oyijonim mening!

Doim yonimizda bo‘ling! Mening sirdoshim, samimiyim mening... oyijonim, Inshaalloh niyatlarimizga birgalikda yetkazsin! Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin. Yuz bilan yuzlashib yuring. Sizni yaxshi ko‘ramiz... 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!