Motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi

Motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi

Aholiga bo‘lib berilgan yer maydonlari hamda tomorqa yerlariga sanoat va kooperasiyani keng olib kirib, qo‘shimcha 1 milliard dollarlik mahsulot yetishtirish mumkinligi qayd etildi.

Buning uchun 1 trillion so‘m kredit uchun resurs ajratiladi. Ushbu kreditlar kooperasiya asosida mahsulot yetishtirish, texnika, aylanma mablag‘ uchun 100 million so‘mgacha garovsiz, 150 million so‘mgacha garov ta’minoti 50 foizga pasaytirilgan holda beriladi.

Shuningdek, jami 10 mingta texnika fermer va dehqonlarga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Chetdan olib kelinib, lizingga beriladigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!