Moskvada O‘zbekiston va Dog‘istondan borgan kirakashlar janjal chiqardi

Moskvada O‘zbekiston va Dog‘istondan borgan kirakashlar janjal chiqardi

Moskvada taksi haydovchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjal vaqtida o‘qotar quroldan olgan jarohati natijasida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi.
 
Voqea 5 noyabr kuni “Anino” metro bekati oldida yuz bergan. Dog‘iston va O‘zbekistondan borgan kirakashlar o‘rtasidagi kelib chiqqan janjal vaqtida ishtirokchilardan biri raqibini travmatik qurol bilan jarohatlagan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar erkak hayotini saqlab qola olishmagan. Qotillikda gumonlanuvchi shaxs yashiringan.
 
Huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari “qo‘lga olish” rejasini e’lon qilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!