Moskva shahri metropolitenining markaziy bekatlarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlagan videorolik namoyish etilmoqda

Moskva shahri metropolitenining markaziy bekatlarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlagan videorolik namoyish etilmoqda

Moskva metropolitenining beshta markaziy bekatida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Joriy yilning 1-15 aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu loyihada mamlakatimizning bor go‘zalligi va sayyohlik salohiyati haqidagi ma’lumotlar Moskva shahri aholisi hamda mehmonlari e’tiboriga taqdim etilmoqda.

Ushbu videorolik Moskva metropoliteni yo‘lovchilariga bir zum to‘xtab, zamonaviylik va qadimiy an’analar bilan chambarchas bog‘langan O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berayapti.

Umumiy yo‘lovchi oqimi oyiga 5 milliondan ortiq, har kuni 1170 marta qatnovlar amalga oshiriladigan Moskva metrosi yo‘lovchilari O‘zbekistondagi masjidlar va mahobatli minoralar, yashil vodiylar va ulug‘vor tog‘ tizmalarining takrorlanmas manzaralari inson ruhiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga guvoh bo‘lmoqda.

Namoyish etilayotgan lavhalar, shuningdek, rossiyalik sayyohlar qalbida O‘zbekistonning go‘zalligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, yurtimiz tarixi, boy madaniyati va gastronomiyasining yorqin hamda o‘ziga xos ta’mini bevosita his qilish istagini uyg‘otmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!