Moody’s O‘zbekiston kredit reyting bahosini oshirdi

Moody’s O‘zbekiston kredit reyting bahosini oshirdi

Moody’s xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonga bag‘ishlangan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning kredit reyting bahosi “B1” (ijobiy kutilma)dan bir pog‘ona yuqoriga “Ba3” (barqaror kutilma)ga oshirildi.

Agentlik buni quyidagilar bilan izohlagan:

➖ O‘zbekiston tomonidan 2017-2021 yillarda muhim islohotlarning amalga oshirilgani, erkin bozor tomon dadil qadam tashlangani, muhim qonunlar ishlab chiqilgani va qabul qilinayotgani, narxlarni erkinlashtirish davom etayotgani;

➖ 2020-2022 yillardagi tashqi shoklarga qaramay, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqoriligi hamda fiskal (mo‘’tadil davlat qarzi) va tashqi sektor (xalqaro zaxiralar) ko‘rsatkichlari mustahkam darajada saqlangani natijasida iqtisodiyotning barqarorligi va siyosat yuritish samaradorligining yaxshilangani;

➖ Markaziy bankning inqiroz davrida tezkor choralar ko‘rgani (asosiy foiz stavkaning 17 foizga oshirilgani), milliy valyuta almashuv kursining inqiroz davrida barqaror ekani, inflyasiyaning pasayish kutilmalari va boshqalar.

Moody’s hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 5 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!