Moliya vazirligida yangi tayinlov

Moliya vazirligida yangi tayinlov

Djumaniyazov Ikram Karimbayevich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Axborot hisoblash markazi” unitar korxonasi Direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligiAxborot xizmati ma’lum qildi.

Ikram Djumaniyazov 1985 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanida tug‘ilgan. 

2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo hisob-kitob markazi xalqaro hujjatli operasiyalar boshqarmasida Eksport akkreditivlari va kafolatlar bo‘limi ikkinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.

2013-2015 yillarda O ’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Metodologiya moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi Byudjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi bo‘limining bosh mutaxassisi.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining Eksportdan tushadigan daromadlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘limining bosh iqtisodchisi lavozimida, keyinchalik ushbu boshqarmaning Jamlama-tahlil valyuta bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasining Nazorat bo‘limi boshlig‘i, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!