Misr ilk bor haj mavsumida Saudiya Arabistoniga voiza ayollarni jo‘natadi

Misr ilk bor haj mavsumida Saudiya Arabistoniga voiza ayollarni jo‘natadi

Misr Vaqflar vazirligi mamlakat tarixida ilk bora Saudiya Arabistoniga hojilar bilan birga 9 nafar va’z qiluvchi ayol ham jo‘natilishini ma’lum qildi. Ular ayollarga haj davomida ma’ruzalar qiladi, ayni paytda 60 nafar erkak voiz ham haj faoliyat ko‘rsatadi.

Kecha, payshanba kuni Qohira xalqaro aeroportidan ilk misrlik hojilar muqaddas zaminga yo‘l olishdi.

Mahalliy OAVga ko‘ra, joriy haj mavsumida milliy avikompaniya 350 reysda 70 ming hojini Saudiya Arabistoniga olib boradi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni hozirga qadar 8 million umrachiga xizmat ko‘rsatgani va haj mavsumida 2 million hojini kutib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar  bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!