Mirzo Ulug‘bek tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Mirzo Ulug‘bek tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Ahmad Yugnakiy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.F. va “G.G.” MCHJ mas’ul shaxslari dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, ushbu MCHJga tegishli jami 26 000 dona “Natriy Xlorid” nomli dori vositasini fuqaro A.R.ga 195 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!