Milliy gvardiya Andijonda navbatdagi jinoyatni fosh qildi

Milliy gvardiya Andijonda navbatdagi jinoyatni fosh qildi

Joriy yilning 23 fevral kuni, Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida batalyoni qo‘rig‘ida bo‘lgan, “Andijon biokimyo zavodi” AJda, xizmat olib borayotgan 3-otryad hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi QOHOOG xodimlari tomonidan, ushbu ob’ektdan chiqib ketayotgan davlat raqam belgisi 60 329 KAA bo‘lgan, Isuzu rusumli avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, Shaxrixon tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqaro A.Z.ga berilgan yuk xatida 4000 (to‘rt ming) litr spirt mahsuloti olishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, belgilangan me’yordan 764 (etti yuz oltmish to‘rt) litr ortiqcha spirt mahsuloti ortilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzilib 764 (etti yuz oltmish to‘rt) litr spirt mahsuloti o‘rnatilgan tartibda omborga topshirildi. “Andijon biokimyo zavodi” AJning 24 fevral kunidagi xatiga asosan ushbu spirt mahsulotining umumiy narxi 12 382 721 (o‘n ikki million uch yuz sakson ikki ming yetti yuz yigirma bir) so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!